Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandning sirli maskanlari: Urgutdagi volfram koni qoldirgan «san’at asari»

Urgut tumani Zarafshon tog‘ tizmasining shimoliy etagida, Samarqanddan 40 kilometr masofada joylashgan bo‘lib, bu yer o‘zining betakror chiroyi, tog‘ manzarasi bilan hech kimni befarq qoldirmaydi.

Tumanning mazkur sirli maskanlari o‘zining ulug‘vorligi bilan ham kishini maftun qiladi. Ana shunday joylardan biri tuman markazidan taxminan 6 kilometr masofada joylashgan Yaxton konidir. Kon dastlab Yaxdon, deb atalgan. “Yax” - muz (fors tilida) va “don” - biror-bir buyum saqlanadigan narsani bildiradi. Ushbu volfram koni shaxtasining chuqurligi 3,5 kilometrni tashkil etadi. Yaxton koni konchilarning mashaqqatli mehnati sharofati bilan yaratilgan ajoyib "san’at asarlari"ni eslatadi.

Mutaxassislar tomonidan kondagi volfram trioksidi zaxirasi 20 ming tonnadan ortiq, deb baholanadi.

Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish depatamenti axborot xizmati.