Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

SamDChTI qoshida turizm markazi tashkil etiladi

Ispaniyaning Kastiliya La Mancha universiteti professori Alexandro Pastrana Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida institut qoshida turizm markazini tashkil etish masalasi ko‘rildi.

Institut rektori Ilhom To‘xtasinov, janob Alexandro Pastrana va viloyat turizm departamenti boshlig‘i Dilshod Narziqulovlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yurtimizga xorijiy mehmonlarni jalb etish hamda ularni xalqimizning boy madaniy, tarixiy merosi, urf-odatlari bilan tanishtirish borasida fikr-mulohazalar almashildi.

So‘ngra Alexandro Pastrana institutda faoliyat ko‘rsatayotgan Ispan tili va madaniyati markazi uchun 5 ta darslik va ensiklopedik kitoblar taqdim etdi. Ispaniyalik mehmon mazkur istiqbolli loyihalarning hamkorlikda amalga oshirilayotganidan bog‘oyatda mamnun ekanini bildirdi.

Asilbek ABDURAIMOV.