Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

SamDTI Rossiya universiteti bilan yuqori malakali tibbiy kadrlar tayyorlash bo‘yicha bitim imzoladi

2020 yil 3 iyul kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti ishchi guruhining Kirov davlat tibbiyot universiteti (Rossiya) vakillari - rektor Lev Jeleznov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Yevgeniy Kasatkin va rivojlanish bo‘yicha rektor maslahatchisi Yelena Revkovalar bilan teleko‘prik orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda rossiyalik mutaxassislar SamDTI imkoniyatiga yuqori baho berib, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Muloqot davomida hozirgi pandemiya sharoitiga munosib javob bera oladigan yuqori malakali tibbiyot kadrlariga ehtiyoj ortganligi bois xalqaro hamkorlikni jadallashtirish muhimligi qayd etildi. Oliygohlar hamkorligida avval pediatriya ishi, keyinchalik boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli ikki tomonlama dasturlarni joriy qilish hamda akusher-ginekologiya, kardiologiya, nevrologiya, bolalar xirurgiyasi ixtisosliklari bo‘yicha klinik ordinatorlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Onlayn muloqotda ikkala oliygoh o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish va yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash bo‘yicha bitim imzolandi.

Odilbek AHMEDOV.