Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

SamISI talabalari kanalda oqib kelayotgan qizni qutqarishdi

2020 yilning 5 fevral kuni soat 19:40 da Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanidan oqib o‘tuvchi Darg‘om kanalidan o‘spirin qiz qutqarib qolindi.

Kanalda oqib kelayotgan qizga o‘qishdan chiqib, uyiga qaytayotgan SamISI talabalari Ro‘zimurod Mardonov va Sarvar Mahammadiyevlar yordam berishgan.

Talabalar qizning ahvoli yomonligini sezgan holda uni tezda Past Darg‘om tumani tibbiyot birlashmasiga olib kelishadi hamda voqea haqida tuman IIB xodimi B.Jumayevga xabar berishadi.

Tuman IIB nazorat inspektori B.Jumayev ma’lumotlariga qaraganda, hozirda qizning ahvoli yaxshi.

SamISI matbuot xizmati.