Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

SamVMI rektoriga Belarus akademiyasi faxriy professorligi berildi

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti rektori, biologiya fanlari doktori, professor Xudoynazar Yunusov boshliq institut jamoasi ayni kunlarda Belarus Respublikasida xizmat safarida.

Institut axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur oliy ta’lim muassasasining Yevropa mamlakatlari orasida yaqin hamkori bo‘lgan Belarusda Vitebsk davlat veterinariya meditsinasi akademiyasining 95 yillik yubileyi tantanalari o‘tkazilmoqda.
Marosim doirasidagi tadbirlarning birida SamVMI rektoriga akademiyaning faxriy professori nishoni topshirildi.

Institut Vitebsk davlat veterinariya meditsinasi akademiyasi bilan hamkorlikda qo‘shma fakultet tashkil etilgan. Qo‘shma fakultetda ayni kunda 30 nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda. Qo‘shma fakultet talabalari ham O‘zbekistonda, ham Belorusda ta’lim oladi, oliygohni bitirgach, har ikki mamlakat diplomini qo‘lga kiritadi.
Eslatib o‘tamiz, SamVMI dunyoning yetakchi 84 ta oliy o‘quv yurtlari bilan halqaro hamqorlik to‘g‘risida memorandum imzolagan.