Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sartepa maskanidagi 9 qavatli uyning 1 qavatida portlash sodir bo‘ldi (foto)

Joriy yilning 8 iyundan 9 iyunga o‘tar kechasi, taxminan soat 00.45 larda Samarqand shahrida 9 qavatli uyning 1-chi qavatida gaz va havo aralashishi oqibatida chaqnash sodir bo‘ldi, jarohat olganlar yo‘q.

Ushbu ko‘p qavatli uy 24-sonli o‘rta maktabning yaqinida joylashgan bo‘lib, mahalliy aholi tomonidan "Titanik" deb ataladi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan paytda xonadonda hech kim bo‘lmagan.  Hozirgi vaqtda uy egasi oilasi bilan chet elda. Vaqti-vaqti bilan opasi kelib uydan xabar olib turgan.

Zarnews.uz saytiga xabar berishlaricha, yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan yong‘in tezda bartaraf etilgan.

Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.