Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sartepadagi oshxonalardan birida ofitsiant qiz 120 million so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irladi

Asli qashqadaryolik qiz onasi bilan Samarqandda ishlab, ro‘zg‘orini yuritgan. Sartepa maskanida o‘z uyida oshxona tashkil etgan kishilarning ishonchiga kirgan Mohira (ismi o‘zgartirilgan) bemalol ularning xonadoniga ham kirib yuravergan. Oshxona egasi bekasining xonasiga kirib, avvaliga uning to‘rtta uzugini o‘g‘irlagan. Voqeadan hech kim xabar topmaganidan foydalanib, qulay fursat kelganda boshqa taqinchoqlarni ham asta-sekinlik bilan o‘mara boshlagan. Mohira ularni sotib, uyiga televizor, o‘ziga qimmatbaho buyumlar xarid qilgan. Atrofdagilarga esa moddiy ahvolidagi bu o‘zgarishlarni bir yigit bilan tanishgani, u badavlat bo‘lgani tufayli unga sovg‘alar berayotgani bilan izohlagan.

U bir oy davomida bu uydan o‘g‘irlagan tilla buyumlarining jami summasi pul hisobida 120 million so‘mni tashkil etgan. Qiz bu buyumlarni zargarga bor-yo‘g‘i 20 million so‘mga pullagan...

Ayni paytda Mohiraning ushbu jinoiy ishi ustidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Jamshid Jumagildiyev,

Samarqand shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi katta tergovchisi.