Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sayyor qabuldan so‘ng masala joyida o‘rganildi, hal etildi

Ishtixon tumani hokimi Sh.Negmatov Ko‘ktepa mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi. Qabulda tuman hokimiga 19 nafar fuqaro komunal soha, yo‘l ta’mirlanishi, sog‘likni saqlash va boshqa masalalarda murojaat qildi. Muammolarning aksariyati joyida hal etildi.

– Olti nafar farzandning onasiman, – dedi Taroqli qishlog‘ida yashovchi Barchinoy Bozorova. – Turmush o‘rtog‘im ham, men ham hech joyda ishlamaymiz. Chunki ish o‘rni yo‘q. Farzandlarimiz o‘rta maktabni bitiryapti. Ularning o‘qimishli, hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoit yaratib berishimiz kerak. Shuning uchun tikuvchilik faoliyatini  yo‘lga qo‘ymoqchimiz, shunga ko‘mak bersangiz.

Taklif, fuqaroning sog‘lom fikri tuman hokimiga ma’qul tushdi. Murojaatni joyida o‘rganish maqsadida Taroqli qishlog‘iga bordi. B.Bozorovaning rejalari bilan tanishdi. Zarur sharoitlar yaratib berilishi yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berdi. Yer maydoni kengaytirilib, imtiyozli kredit ajratiladigan bo‘ldi.

- Hokim ishtiyoqimiz, harakatimizni to‘g‘ri baholadi, - deydi B.Bozorova. - Faoliyatimizni yo‘lga qo‘yib olsak, yana o‘n nafar hamqishlog‘imizni ish bilan ta’minlaymiz.

Otabek ShARAFOV.