Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sektor rahbarlari og‘ir sharoitli hududlarda real holatni o‘rganadi, muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf qiladi

Kecha Prezident administratsiyasidan berilgan topshiriqqa ko‘ra, viloyat, tuman (shahar) sektorlari rahbarlari aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etish maqsadida eng olis, chekka, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi past bo‘lgan, tog‘li hamda chegara hududlariga yana chuqur kirib borishlari zarur.

Bunda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratiladi:

- aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, Xalq qabulxonalari tomonidan sektor rahbarlarining qaysi qishloq, ovul va mahallalarda sayyor qabullar tashkil etishi bo‘yicha oylik reja-jadvallarini ishlab chiqish;

- belgilangan reja-jadvallar asosida har bir qishloq, ovul, mahalla, posyolkalarda o‘tkazilayotgan qabullarda har bir umumiy o‘rta ta’lim maktabi, maktabgacha ta’lim muassasasi va poliklinikaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi holatini o‘rganish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;

- aniqlangan muammolarni televideniye orqali qayd etgan holda, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etib, oldingi va hozirgi holatlarni aks ettirgan ko‘rsatuvlarni berib borish;

- olis, chekka, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi past bo‘lgan, tog‘li hamda chegara hududlarda ichimlik suvi, kanalizatsiya va yo‘l qurilishi sohalarida amalga oshirilayotgan namunali ishlar to‘g‘risida televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalarida ko‘rsatuvlar berib borish.

Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi vertikal boshqaruv tizimi asosida quyi idoralar (sektorlar) tomonidan topshiriq ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlarni nazoratga oladi.