Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sentyabrdan pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi

Prezident farmoniga binoan:

👉 1 sentyabrdan boshlab quyidagilar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi:

➖ pensiyalar;

➖ bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqalar;

➖ zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar.

👉 1 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston hududida:

• pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 262 470 so‘m; 

• yoshga doir eng kam pensiyalar – oyiga 513 350 so‘m; 

• bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 513 350 so‘m;

• zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 315 030 so‘m etib belgilandi.

👉 2020 yilning yakuniga qadar:

➖ 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan ehtiyojmand nafaqa oluvchi oilalarning amaldagi soni 2 barobarga oshirilib, 700 mingtagacha yetkaziladi;

➖ bola 2 yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa oluvchi ehtiyojmand onalarning amaldagi soni 330 mingdan 400 mingtaga oshiriladi;

➖ moddiy yordam oluvchi kam ta’minlangan oilalarning amaldagi soni 89 mingdan 100 mingtaga yetkaziladi.

👉 To‘lash muddati 2020 yilning iyul-sentyabr oylarida tugaydigan bolalari bo‘lgan oilalarga va bola parvarishi bilan shug‘ullanadigan onalarga nafaqa to‘lash navbatdagi 6 oy muddatga (bola tegishlicha 2 yosh va 14 yoshdan oshmagan holatda) davom ettiriladi.