Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Seuldan kelgan samolyot yo‘lovchilari Toshkent aeroportida vaqtincha sanitariya izolyasiyasiga joylashtirildi

Koronavirusning O‘zbekistonda tarqalishining oldini olish maqsadida bugun Seuldan kelgan HY514 reysi yo‘lovchilari Toshkent aeroportining xalqaro terminali alohida zalida vaqtincha sanitariya izolyasiyasiga joylashtirildi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bergan ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bir qator zarur profilaktik tadbirlar o‘tkazilgandan so‘ng va SARS belgilari yo‘qligi tasdiqlangach, yo‘lovchilar karantin xonasidan chiqib ketishlariga ruxsat beriladi.