Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Shahar va tuman axborot-resurs markazlariga kitob sovg‘a qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Bolalar kutubxonasi tomonidan viloyatimizdagi shahar, tuman xalq ta’limi bo‘limlari tasarrufidagi axborot-resurs markazlariga 30 nomdagi badiiy adabiyotlar va 40 nomdagi 80 dona audiokitoblar tarqatildi.

Ushbu kitoblar to‘plamidan Xudoyberdi To‘xtaboyev, Abdulla Qodiriy, O‘tkir Hoshimov, Cho‘lpon, Erkin Vohidov, Anvar Obidjon, Chingiz Aytmatov, Anton Chexov kabi o‘zbek va jahon adabiyotining zabardast ijodkorlarning eng sara asarlari, o‘zbek xalq ertaklari, bolalar uchun badiiy adabiyot majmualari joy olgan.

- Bugungi kunda kutubxonamizda 95 mingdan ziyod badiiy hamda 20 mingdan ziyod elektron kitoblarimiz bor, - deydi viloyat axborot-resurs markazi direktori Yusuf Muhammadiyev. – Joriy yilda kitob fondimizni boyitish maqsadida 60 million so‘mlik bolalar uchun mo‘ljallangan kitoblar olib kelishni rejalashtirganmiz.

Viloyat Bolalar kutubxonasida bo‘lib o‘tgan tadbirga “Shalola” to‘garagi a’zolarining musiqiy chiqishlari bahoriy kayfiyat bag‘ishladi.     

Nasiba JONTO‘RAYEVA.