Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Shaharda shovqin tarqalishining xaritasi yaratiladi

Samarqand aerogeodeziya korxonasi xodimlari tomonidan Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti mustaqil izlanuvchilari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Shaharda shovqin tarqalishi xaritasini tuzish uslubiyatini takomillashtirish, ma’lumotlarni geomodellashtirish” usuli sinovdan o‘tkazildi.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida bu usul amaliyotga joriy etildi.

O‘lchash amaliyoti Mirzo Ulug‘bek, Rudakiy, Registon ko‘chalarida GPS qurilmalari yordamida geodezik asos yaratildi, har bir asosda shumometr yordamida shovqin o‘lchandi va xaritada shovqin tarqalishining kartografik tasvirlar orqali shartli belgilari qo‘llanildi.

Shahar shovqin xaritasida ko‘chalarda o‘rnatilgan asoslardan foydalanib, shovqin tarqalishining kartografik belgilari tasvirlangan. Mazkur innovatsion ish amalda shaharlarning shovqin tarqalish xaritasini tuzishda shahar bosh arxitekturasi, sog‘liqni saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish monitoringini yuritish imkoniyatini yaratadi.