Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Shri-Lankada favqulodda vaziyat e’lon qilindi

Shri-Lanka hukumati 23 aprel kuni yarim tundan boshlab mamlakatda favqulodda holat joriy etdi.

Bu haqda News First telekanali Shri-Lanka prezidentining matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.

Avvalroq, Shri-Lanka hukumati 23 aprel kungi portlashlar qurbonlari uchun motam kuni e’lon qilganini xabar bergan edik.

21 aprel kuni Shri-Lankadagi bir qator portlashlar oqibatida halok bo‘lganlarning soni 290 ga yetdi.