Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yashirincha olib kirish rejasi chippakka chiqdi

“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan xorijdan uchib kelgan fuqaro A.N. belgilangan tartibda xolislar ishtirokida tekshiruvdan o‘tkazildi.

Natijada, ushbu shaxs bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatmasdan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilmasdan sumkasiga yashirgan holda  umumiy qiymati taxminan 90 million so‘mlik 410 dona turli dori vositalarini yashirincha olib o‘tishga uringanligi aniqlandi.

Shuningdek, yana bir fuqaro U.M.ning ham xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va fuqaro bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Tekshiruv jarayonida uning yuklari orasidan qiymati 28 million so‘mga teng bo‘lgan 295 dona dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.