Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sirdaryoda topilgan tilla va pullar o‘z egalariga yetkazilmoqda

Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentining xabar berishicha, harbiy xizmatchilar talafot yetgan hududlarda tozalash, tartibga keltirish ishlarini olib borishmoqda. Odamlar uyi atrofida to‘planib qolgan suv, chiqindilar va boshqa keraksiz buyumlar olib chiqib ketilyapti.

Biriktirilgan hududni tozalash jarayonida oddiy askar Elmurod Normatovning diqqatini suv ichidagi quti o‘ziga tortdi. Qutida uy egasining tilla buyumlari bor ekan. Elmurod ushbu holat yuzasidan zudlik bilan komandirlariga xabar berdi. Qimmatbaho buyumlar o‘z egalariga yetkazildi.

Yana bir qahramonimiz shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Komil Choriyev ham tozalash ishlarini olib borayotganida suv bosgan buyumlar orasidan xonadon egasiga tegishli bo‘lgan 720 ming so‘m pul topib oldi hamda egalariga qaytarilishini ta’minladi.