Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Soliq idoralariga bildirilayotgan murojaatlarning aksariyati elektron shaklda qabul qilinmoqda

Samarqand viloyati davlat soliq xizmati organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning samarasida soliq to‘lovchilar duch kelayotgan muammolarga yechim topilib, mavjud kamchiliklar bartaraf etilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davrida jismoniy shaxslardan jami 1817 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning 1146 tasiga tushuntirish berilgan bo‘lsa, 189 tasi ijobiy hal qilindi. Shu paytga qadar yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar 1615 tani tashkil etmoqda. Shundan 1335 tasiga tushuntirish berilgan bo‘lsa, 105 ta murojaat ijobiy hal qilindi. Soliq sohasi bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlarga malakali xodimlar tomonidan atroflicha tushuntirishlar, huquqiy maslahatlar berilmoqda.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining katta qismi elektron shaklda kelib tushmoqda. Bu esa murojaatlarni yo‘llashning interfaol usullari yanada takomillashtirilayotganidan dalolat beradi.

Muxtasar aytganda, har bir murojaat e’tiborda. Zero, uning ortida soliq to‘lovchilarning huquq va manfaatlari turibdi.

Akmal QAYuMOV,

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimi.