Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Soliq qo‘mitasi ish beruvchilarga oyliklar miqdorini oshirish tavsiya etdi

Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekistondagi barcha ish beruvchilarga xodimlarning oylik ish haqi miqdorini oshirishni tavsiya qilib chiqdi. Bu haqda qo‘mitaning Facebookʼdagi sahifasida ma’lum qilindi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-son qarorining 7 bandiga muvofiq 2019 yildan ish beruvchi tashkilotlarga soliq yukining, shu jumladan yagona ijtimoiy to‘lovning kamaytirilishi natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar hisobidan xodimlar ish haqi miqdorini oshirish tavsiya etildi“ deyiladi qo‘mita bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab, ish haqidan ushlab qolinadigan soliqlar miqdori 12 foizni tashkil qiladi.

Manba:Xs.uz