Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Sport mening hayotimda”

Samarqand shahridagi “Chorsu” ko‘rgazmalar zalida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh tashabbus ijrosini ta’minlash doirasida “Sport mening hayotimda” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.

“STATUS 555” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmaning rasmiy ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ro‘ziyev, sport faxriysi X.Rofiyev ko‘rgazma tashabbuskori, sport ishqibozi, hayotining 55 yilini sportga bag‘ishlagan Bahodir Jabborov to‘plagan 5 mingdan ortiq sport tarixiga oid eksponatlar haqida so‘z yuritdi.

Ko‘rgazmada turli sport turlariga oid rasmlar, sport faxiysining mashhur sportchilar bilan tushgan hamda erishgan yutuqlari aks etgan fotosuratlari joy olgan.

Tadbir doirasida yosh sportchilarning faxriylar hamda “Dinamo” futbol klubi a’zolari bilan davra suhbati tashkil etildi.

Husan ELTOYeV.