Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sport targ‘ibotchisi sportni qanday targ‘ib qilyapti?

Bu savolga Samarqand shahridagi yoshlar markazida korxona-tashkilot va mehnat jamoalarida tayinlangan sport targ‘ibotchilari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminarda javob izlandi. 

Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari B.Nurullayev joylarda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va ommaviy sportni rivojlantirish ko‘ngildagidek emasligini qayd etdi. Shuningdek, mehnat jamoalari o‘rtasida turli sport musobaqalarini o‘tkazish orqali ishchi-xodimlarning sportga qiziqishini oshirish mumkinligi, bu esa ular salomatligini yaxshilashga, ortiqcha vaznni yo‘qotishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Tadbirda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ro‘ziyev, viloyat sport faxriylari kengashi raisi H.Rofiyev korxona-tashkilotlarda tashkil etilgan targ‘ibotchilar endi sport targ‘ibotini qanday olib borishi kerakligi va ishchi xodimlar bilan tadbirlarni qay holatda tashkil etishi, ayniqsa, ertalabki badantarbiya mashqlarini kundalik hayotga kiritish zarurligi haqida gapirdi.   

Seminar yakunida 60 nafar sport targ‘ibotchilariga sertifikat topshirildi. 

Husan Eltoyev.