Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sportni sev, sport bilan yasha!

Urgut tumani jismoniy tarbiya va sport bo‘limi hamda Samarqand viloyat milliy gvardiya qo‘riqlash boshqarmasi 15-alohida otryadi bilan hamkorlikda tumandagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ana shu shior ostida taekvon-do ITF bo‘yicha tuman birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Samarqand, Toyloq, Urgut tumanlaridan jami 110 nafar sportchi o‘zaro bellashdi.
Mazkur sport uchrashuvida birinchi o‘rin Urgut tumaniga, ikkinchi o‘rin Toyloq, Samarqand shahar sportchilariga esa uchinchi o‘rin nasib etdi.

Inomjon Tursunov.