Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

SSV: Shoshilinch tibbiy yordam bo‘yicha yagona axborot tizimi ishlab chiqiladi

Shoshilinch tibbiy yordam jarayonlarini real vaqt rejimida kuzatib borish, qo‘ng‘iroqlar va bemorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini elektron qayd etish joriy etiladi.

O‘zbekistonda shoshilinch tibbiy yordam bo‘yicha yagona axborot tizimini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 2020-2021 Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da aytilgan.

Qayd etilishicha, bunda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Unda shoshilinch tibbiy yordam jarayonlarini real vaqt rejimida kuzatib borish, qo‘ng‘iroqlar va bemorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini elektron qayd etish nazarda tutiladi.