Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sug‘diyona massivida yuz bergan elektr ta’minotidagi uzilishlarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda

Bugun, 13 dekabr kuni soat taxminan 15:30 atrofida 110/10 kVli podstansiya - "AvtoVAZ" V-355 fiderining moyli o‘chirgichida qisqa tutashuv sodir bo‘lgani oqibatida Samarqand shahri Sug‘diyona massivining ayrim hududlari hamda “SamAvto” zavodi atrofidagi aholi yashash punktlarida elektr energiyasi ta’minotida vaqtincha uzilish holati kuzatilmoqda.

Hozirda ushbu hududlarda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash choralari ko‘rilmoqda.

Bunday noqulayliklar uchun “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ma’muriyati iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Samarqand HETK” AJ axborot xizmati.