Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Surxondaryodagi to‘yda qoidalarga amal qilinmagani uchun 250 dan ortiq fuqaro karantinga olindi

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov mahalliy televideniye orqali chiqish qilib, viloyatdagi hozirgi epidemiologik vaziyat hamda koronavirus infeksiyasi tarqalib ketishining oldini olish uchun kuchaytirilgan tartibda zarur profilaktik chora-tadbirlar ko‘rilayotgani haqida ma’lum qildi.

Shuningdek, to‘y va marakalarning belgilangan talablar bo‘yicha o‘tkazilmaganligi oqibatida ko‘plab fuqarolar karantinga olinmoqda.

Xususan, Muzrabot tumanida o‘tkazilgan to‘yda belgilangan karantin qoidalariga amal qilinmaganligi tufayli 250 dan ortiq fuqaro karantinga olindi.

Shu tariqa hozirda viloyatda 4118 nafar fuqaro karantinga olingan. Ularning 298 nafari tibbiyot muassasalarida, 678 nafari sihatgoh va maxsus binolarda, 3142 nafari esa o‘z uylarida kuzatuvda bo‘lib turibdi.