Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tabassum qilgan kishi badjahldan kuchli

Inson o‘zining fikru xayoli nimada bo‘lsa, o‘zi ham o‘sha narsaning diqqat markazida bo‘ladi, deyishadi. Shuning uchun biror bir holat ro‘y berib, vaziyat og‘irlashib, “ishni nimadan boshlash”ni bilmay turgan paytingizda sizga faqatgina sabr-toqat va hayotga nekbinlik bilan qarashingiz muammoni yengishga yordam beradi.

Agar masalaga salbiy munosabat bildirsangiz, bu nomunofiqlikni keltirib chiqaradi, ruhiy zarba olib, tinchligingiz buzilishiga sabab bo‘ladi.

Oddiygina tabassum bilan muvaffaqiyatga erishish mumkin.

Yaqin kishilar orasida kelishmovchilik kelib chiqish holatlari bo‘lib turadi. Bunday vaziyatlarda ikkita yo‘l bor. Birinchisi, bezovta bo‘lib, vaziyat ustidan nazoratni yo‘qotasiz yoki nima bo‘layotganini tushunib, masalani oqilona hal qilishga harakat qilasiz.

Ehtiyotkorlik va e’tibor bilan u yoki bu tomon foydasiga yon bosishni tanlash irodangizga bog‘liq. Shu yerda “to‘lqinlarni tinchlantiruvchi” idrok xolisligini ishlatish to‘g‘riroq bo‘ladi.

Uilyam Shekspir: Muddaoga qilichbozlikdan ko‘ra, tabbassum qilish orqali erishish osonroq

Gap munozarada kimdir yutib, kimningdir yutqazganida emas. Ushbu darsning foydali tomoni vazminlik bilan harakat qilgan odamga tegadi.

Yaxshi xulq, osoyishtalik bilan qilingan muloqot, xotirjamlik, o‘z vaqtida qilingan tabassum hatto og‘ir vaziyatlarda sizga qarata qilinayotgan tajovuzga javoban yordam beradi. Shuning uchun sizga “Biron nimaga erishishni istasangiz, tabassum qiling”, deb aytamiz.

Badjahllik – bu hech qayoqqa olib bormaydigan yo‘l

G‘azab chorasizlikka olib keladi. U atrofdagilaringizni tinglashga xalaqit beradi, boshqalarga esa sizni tushunishga imkon bermaydi. G‘azablangan paytimiz o‘zimizdan boshqa narsani ko‘rishga xudbinligimiz xalaqit beradi.

Qiyin vaziyatlarni tinch yo‘l bilan hal etish mumkin

Boshqa tomondan, qiyinchiliklarga tabassum qilgan odam g‘azablangan odamga qaraganda qat’iyatliroq bo‘ladi. Bunday odam oqilona fikr yuritish g‘azab orqali yuqadigan takabburlik va qo‘pollikning kushandasi ekanligini tushunadi.

Bundan tashqari, u muammolarga yechim toptirishda, o‘zida bag‘rikenglikka yo‘l ochib, qimmatli tajribaga ega ham bo‘ladi. O‘zimizning fikrimizdan ko‘ra, birovning fikr-mulohazasini eshitish va uni hurmat qilish qilgan xatomizni bo‘ynimizga olishimizdek muhim.

Bular siyqasi chiqqan gaplarga o‘xshaydi. Ammo qiyin paytlarda o‘zingizni boshqara olish qobiliyati g‘azab olovini yengishga yordam beradi. Bu yerda gap masalaga panja orasidan emas, balki impulslarni iloji boricha samarali boshqarishni o‘rganish to‘g‘risida ketgan bo‘lsa ajabmas.

Bahora MUHAMMADIYeVA tarjimasi.