Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tadbirkorlarni homiylikka majburlaganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin

Tadbirkorlarni homiylikka majburlaganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligining huquqiy axborot telegram kanali ma’lum qilyapti.

Davlat organlarining va davlat tashkilotlarining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan tadbirkorlarni pul yoki boshqa moddiy qimmatliklarni ajratish bilan bog‘liq homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, quyidagi jinoiy jazolarga tortilishi mumkin:

1. Eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan (40 mln 546 ming so‘mdan) to‘rt yuz baravarigacha (81 mln 92 ming so‘mgacha) miqdorda jarima;
2. Uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
3. Uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari;
4. Uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash;
5. Uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.