Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Takroriy ekin – qo‘shimcha daromad

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish Inspeksiyasi Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyundagi “2019 yil g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish va talab etiladigan moddiy-texnika resurslarini o‘z muddatida yetkazib berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha  nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Jumladan,  g‘alladan bo‘shagan maydonlarga qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish uchun yerlarning tayyorlanishi va ekinlarning tasdiqlangan jadvallar asosida, o‘z muddatida ekilishi, qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan agrotexnika tadbirlariga to‘liq rioya etilishi va ularning sifatli o‘tkazilishi masalalari inspeksiyaning asosiy diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.

Nazorat tadbirlari davomida takroriy ekinlar ekish uchun jalb etiladigan urug‘liklar, mineral o‘g‘itlar, kimyoviy preparatlar, yonilg‘i-moylash mahsulotlari va boshqa moddiy resurslarning belgilangan muddatlarda ta’minlanishiga erishilmoqda.

  2019 yilda  Samarqand viloyati bo‘yicha  jami 69 ming 168 gektar yer maydoniga takroriy ekinlar ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib,  qishloq xo‘jaligi ekinlari har bir hududning iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda joylashtirilmoqda. Joriy yilda  asosan, sabzavot, kartoshka, poliz, kungaboqar va dukkakli ekinlar ekilishiga alohida e’tibor qaratilgan.

  2019 yilda viloyatning o‘nta  tumani fermer xo‘jaliklari tomonidan 13 ming 265 gektar yerga kartoshka ekilishi rejalashtirilgan. Jumladan, Bulung‘ur tumanida 3 ming 153 gektar, Tayloqda 2 ming 808 gektar, Jomboy tumanida 2 ming 487 gektar, Urgut tumanida 2 ming 207 gektar, Samarqand tumanida 615 gektar yerga jami 10 ta tumanga 13 ming 265 gektar yerga  kartoshka ekiladi. Kartoshka urug‘lari “Bo‘stonliq kartoshkachilik markazi” MChJ tomonidan yetkazib berilmoqda.   

  Yana bir gap. Qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan kartoshka urug‘i xarid qilinishi borasida ham qator qulayliklar yaratilgan. Hususan, joriy yilda bank muassasalari tomonidan fermer xo‘jaliklariga kartoshka urug‘i xaridi uchun 5 mlrd. 698 mln. so‘m kredit mablag‘i ajratilgan.

   O‘zagroinspeksiya Samarqand viloyat boshqarmasi, Axborot xizmati.