Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tamaki mahsuloti qadog‘iga chekish oqibatida kelib chiqadigan kasallik tasviri tushiriladi

Hukumat qarori (1034-son, 25.12.2019 y.) bilan Tamaki mahsulotlari to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda tamaki mahsulotlari iste’mol qadog‘iga tamaki mahsuloti iste’moli oqibatida sog‘likka yetadigan zarar tasviri joylashtiriladi.

Shuningdek, qaror bilan tamaki mahsulotlarining iste’mol qadoqlariga joylashtiriladigan tasvir-ogohlantirishlar namunasi tasdiqlandi.

Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.