Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tanbal otaxonning uyida chiroq yondi. Endi uning vijdoni ham uyg‘onarmikan?

Joriy yilning 30 mart kuni Zarnews.uz saytida “Og‘ziga kelganni demoq nodonning ishi...” sarlavhasi bilan ijtimoiy tarmoqlarda “Kattaqo‘rg‘on tumani Navbahor mahallasida bir “otaxon” 30 yildan buyon svetsiz, gazsiz yolg‘iz o‘zi loysuvoq uyda yashab kelayapti va tumanda hech kim undan xabar olmagan” degan mazmundagi videolavhaga tuman hokimi A.Bahromovning munosabati e’lon qilingandi.

Ushbu munosabatda bir-necha marta uylangan bu “otaxon”ning xudbinligi, tanballigi, spirtli ichimlikka mukkasidan ketganligi qattiq tanqid qilingan bo‘lsa-da, odamgarchilik, xalqimizga xos bo‘lgan mehr-oqibatlilik nuqtai nazaridan ushbu fuqaroga yordam ko‘rsatildi.

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi, tuman elektr ta’minoti korxonasi tashabbusi bilan otaxonning xonadoni elektr tarmog‘iga ulab berildi.

“Samarqand HETK” AJ axborot xizmati.