Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Elyor Nosirov Samarqandga nima maqsadda keldi?

Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi”da xalqimiz suygan san’atkorlar ishtirokida “Yulduzlar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda teatr va kino aktyorlaridan O‘zbekiston xalq artisti Elyor Nosirov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Gavhar Zokirova, Saida Rametova, iste’dodli rejissyor va aktyorlar Hilol Nasimov, Lola Eltoyeva, Tohir Saidov, Yunus Asqarovlar ijro etgan rollari va kadr ortidagi o‘zlari bilan bog‘liq qiziqarli voqealar bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, keyingi paytda kino va teatr sohasidagi yangiliklar, yaratilayotgan sahna ko‘rinishlari xalqimizga, ayniqsa, yoshlarga manzur bo‘layotgani aytib o‘tildi. San’atkorlar hozirda yosh aktyor va rejissyorlarning soni oshayotgani, ular tomonidan sahnalashtirilayotgan asarlar bugungi kun talabi asosida yoshlarga yetkazilayotgani e’tirof etildi.

Mehmonlar Oqdaryo, Jomboy, Samarqand tumanlarida ham bo‘lib, u yerda tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etdi. Bu uchrashuvlar san’atsevar yoshlarimizda olam-olam taassurot qoldirdi.

Elyor ULUG‘MURODOV.