Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tanqid kerak, ammo odamlarni madaniyatga undash ham lozim

“Guliston” jurnali bosh muharriri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, yozuvchi Mamatqul Hazratqulov Samarqanddagi muloqot va uchrashuvlarda ijodkor ziyolilar oldida turgan muhim vazifalarga to‘xtaldi.

- Biz ulug‘ ajdodlarimiz bilan faxrlanishni o‘rgandik. Ammo ular ijodi mohiyatini hali puxta bilmaymiz. Misol uchun, aholini allomalarimiz asarlari mazmunidan xabardor eta olmayapmiz. Qani endi har bitta ziyoli ana shu merosdan olgan sabog‘ini nashrlar orqali aytib borsa?

Odamlarni teatr, muzey va rassomlar asarlari ko‘rgazmasiga yetarlicha, jonli tarzda jalb etmayapmiz. Aytaylik, nega yosh ijodkor va san’atkorlarning jamoatchilik, ota-onalar oldida hisobot tadbirlarini uyushtirib, bu haqda OAVda yoritmaymiz?
Albatta, tanqid kerak. Ammo odamlarni madaniyatli bo‘lishga undash ham asosiy vazifamiz emasmi?