Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tanqiddan so‘ng: Oqdaryodagi kanal ko‘prigi atrofiga xavfsizlik to‘sig‘i qo‘yildi, ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatildi

2019  yil 6 noyabr kuni Zarnews.uz telegram kanalida Oqdaryo tumanida yo‘l chekkasidagi chuqurlikka to‘siqlar qo‘yilmaganligi tufayli “Neksiya” avtomashinasi chuqurlikka tushib ketgani aks etgan video lavha e’lon qilindi. Ushbu tanqidiy lavha Oqdaryo tumani hokimligi hamda Oqdaryo tumani IIB tomonidan o‘rganib chiqildi. Tegishli mutasaddilarga zudlik bilan ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish, xavfsizlik choralarini ko‘rish uchun topshiriqlar berildi.

Oqdaryo tumani IIB YHXG katta inspektori N.Ibragimov boshchiligida Loyish shaharchasi Amir Temur ko‘chasining ta’mirlash ishlari olib borilayotgan qismiga, kanal ko‘prigi atrofiga tosh to‘ktirilib, to‘siq bunyod etildi va tegishli ogohlantiruvchi xavfsizlik belgilari o‘rnatildi.

Yo‘lning qolgan qismlarida ham xavfsizlik choralarini ko‘rish ishlari davom ettirilmoqda.

Oqdaryo tumani hokimligi axborot xizmati.