Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tayloq tumani xalq ta’limi bo‘limiga mudir tayinlandi

Tayloq tumani hokimligida tumanda xalq ta’limi bo‘limi faoliyatini tahlil etish, muammo va kamchiliklarga tanqidiy yondashgan holda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Unda Hojiqulov Xurshid Qahhorovich Tayloq tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri lavozimiga tayinlandi.
Xurshid Hojiqulov shu paytga qadar viloyat xalq ta’limi boshqarmasining ta’lim sifati monitoringi bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlagan.