Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tayloqda 600 dollarga giyohvandlik modda sotilishiga chek qo‘yildi

2019 yil 4 aprel kuni Samarqand viloyatining Tayloq tumanida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Tojikiston Respublikasi fuqarosi, Panjikent tumani Sarazm jamoa xo‘jaligida yashovchi U.Yu. Tayloq tumani, Elipok mahallasi hududida 74,09 gr. “opiy” giyohvandlik moddasini 600 AQSh dollari evaziga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.