Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tayyorgarlik puxta bo‘lsa, saylov adolatli o‘tadi

Samarqand shahridagi yoshlar markazida tashkil etilgan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini o‘tkazishga ko‘maklashuvchi viloyat komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda shahar, tuman ko‘maklashuvchi komissiyalari faoliyatini namunali yo‘lga qo‘yish, saylovchilar ro‘yxatini shakillantirish, saylov o‘tkazilayotgan joylardagi tayyorgarlik jarayonlarini keng jamoatchilik e’tiboriga havola etish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, ommaviy axborot vositalari hamkorligini yo‘lga qo‘yish, brifing, matbuot anjumanlari va seminarlar tashkil etish vazifalari belgilab olindi.

- Saylov o‘tkaziladigan joylarda alohida ona va bola, tibbiyot xonalari tashkil etiladi, - deydi viloyat ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi N.Rabbimova. – Bu maskanlarda saylovchilarni kutib olish va kuzatish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanmoqda, ularga saylov to‘g‘risidagi huquqiy hujjatlar qisqa savol-javob tarzida tayyorlanib tarqatiladi. Undan tashqari saylov komissiyasi a’zolari o‘zlari biriktirilgan tumanlardagi saylov jarayonlarini kuzatib, u yerdagi mavjud holat va muammolarni saylov shtabiga taqdim etib boradi.

Husan ELTOYEV.