Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tibbiyot OTMlarida an’anaviy shaklda o‘qish boshlandi

Joriy yil 22 sentyabrdagi Respublika Maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq bugundan boshlab tibbiy oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatdagi bitiruvchi kurslari hamda magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) talabalari uchun an’anaviy shaklda o‘qishlar boshlanadi.

Koronavirus pandemiyasi davrida tibbiyot xodimlariga talab yuqoriligini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasi shunday qarorga kelgan.

«Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus vazirligining koronavirus pandeiyasi davrida tibbiyot xodimlariga talab yuvoriligini inobatga olib,tibbiy oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishining bitiruvchi kurslari hamda magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) talabalari uchun joriy yilning 1 oktyabridan o‘quv jarayonlarini an’anaviy shaklda boshlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin», deyiladi Maxsus komissiya qarorida.