Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tibbiyot xodimlaridan yarim pulini bosh vrach talab qilsa, nima qilish kerak?

Avval xabar berganimizdek, bugun Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokida o‘tkazilgan birifingda aholidan kelgan savollarga javob qaytarildi:

“Karantin vaqtida aksariyat shifoxonalarda 15 million so‘m ish haqi oladigan tibbiyot xodimlaridan yarim pulini bosh vrach o‘z manfaati yo‘lida talab qilib kelmoqda, aks holda ishdan chetlatish bilan tahdid qilyapti. Mana shunday korrupsiyaviy holat yuz began vaqtda kimga murojaat qilish mumkin?”

- Bunga aslo yo‘l qo‘ymaslik kerak. Mana shunday korrupsiyaviy holat yuz began vaqtda siz huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.