Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Til masalasi mavsumiy mavzu emas

Rahimboy JUMANIYoZOV, Toshkennt irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti dotsenti:

- Qonun so‘zi — qudratli so‘z. U barchani sergaklantiradi, itoat ettiradi, kishi e’tiborini tortuvchi kuch bor unda. Ayni paytda unga so‘zsiz bo‘ysunish, uni hurmat qilish talabi ham bor.

Muayyan soha yoxud jabhaga oid qonunlar o‘sha tizimning rivojini ta’minlasa, shunday hujjatlar borki, ular butun bir xalqning ruhiyati, millatning qiyofasini o‘zida mujassam etadi.

Millatning ruhi bo‘lgan ona tilidan bebahra qoldirish uni gumroh qilish bilan barobar. Ijtimoiy-ma’naviy zarurat, ehtiyoj sifatida qaralmagan narsa-hodisalarning bari o‘tkinchiga aylanadi. Bu jamiyatda ijroni paysalga solish, loqaydlik va beparvolik illatlarini shakllantiradi.