Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tojikiston Rog‘un GESining ikkinchi agregatini ishga tushirdi

Tojikiston Rog‘un GESining ikkinchi agregatini test rejimida ishga tushirdi. Yangi ishga tushirilgan agregat hozircha test rejimida elektr energiya ishlab chiqarmagan holda ishlayapti. Bu haqda Tojikiston hukumati OAV ga ma’lum qildi.

"Ikkinchi agregat to‘liq quvvat bilan ishlab, qachondan elektr energiyasi ishlab chiqarishi aniq emas", deyiladi xabarda.

Avvalroq Rog‘un GESining ikkinchi agregati mart oyida qurib bitkazilishi va aprel oyidan to‘liq quvvat bilan ishlashi ma’lum qilingan edi.

Ammo, rejadagi ishlar biroz kechikkan.

Eslatib o‘tamiz, Rog‘un GESining birinchi agregati 2018 yilning noyabr oyida ishga tushirilgan edi. Uning ishga tushirilishi katta tantanalar bilan o‘tkazilgan va unda mamlakat prezidenti Emomali Rahmon qatnashgan edi.