Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tojikistonlik bir guruh jurnalistlar Samarqandda

Tojikistonlik 12 nafar jurnalist 7-12 iyun kunlari O‘zbekiston bo‘ylab press-tur o‘tkazmoqda.

Bugun ular Samarqand viloyat Matbuot uyida bo‘lib, Samarqand matbuoti, uning tarixi, viloyat gazetalari faoliyati, tajribasi bilan tanishdi.

- Samarqand nafaqat o‘zining tarixiy obidalari va ziyoratgohlari, balki jurnalistikasining tarixiyligi bilan ham ahamiyatli, - deydi Tojikistondagi “ASIA-Plus” media-gruppasi jurnalisti Saodat Raximi. – Viloyat matbuot muzeyida Samarqand  jurnalistikasining tarixi, rivojlanish bosqichlari, 100 yil oldin foydalanilgan fotoapparatdan tortib, qalamdonlargacha saqlangani bu sohaga qaratilgan yuksak e’tibor namunasidir.

Mehmonlar «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari birlashgan tahririyati, «Ovozi Samarqand» gazetasi hamda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi faoliyati, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, o‘zaro tajriba almashdi.

Nasiba Jonto‘rayeva.