Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tolibonlar va rasmiy Qobul koronavirusga qarshi kurashishda birlashmoqda

Rasmiy Qobul va tolibonlar terrorchilik harakati (O‘zbekistonda taqiqlangan) COVID-19ga qarshi kurashish harakatlarini birlashtirish uchun muzokaralar olib bormoqda.

Ular har ikkala tomonning nazoratida bo‘lgan hududlarda birdamlikda harakat qilishga urinib ko‘rishadi. Bu haqda RIA Novosti nashriga Rossiyaning Afg‘onistondagi elchisi Aleksandr Mantitskiy xabar qildi.

JSSTning va Afg‘oniston Islom Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi taxminlariga ko‘ra, mamlakatning 16 milliondan ortiq aholisi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish ehtimoli yuqori. Mazkur ko‘rsatkich Afg‘oniston aholisining 50 foiziga teng.