Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toping-chi, bu simyog‘ochlar qayerda?

Agar Siz Urgutdan bo‘lsangiz, tumanning Sovg‘on, Taroqli, Ukrach qishloqlarida yashasangiz bu simyog‘ochlar qayerdaligini yaxshi bilasiz. Elektr ta’minoti korxonasi mas’ullari ham almisoqdan qolgan, simlar tutib turgan bu simyog‘ochlar qayerdaligini yaxshi bilishadi. Bilishadi-yu vazifasini o‘tab bo‘lgan simyog‘ochlarni almashtirishni xayollariga keltirishmaydi. Yo‘qsa, bir necha oydan buyon mana shu holatda turgan ustunlar qachonlardir almashtirilgan bo‘lardi.

Ha, simyog‘ochlarni topish oson bo‘lishi uchun “yordam” beramiz – aytishlaricha, viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasiga ham shu tarmoq orqali elektr energiyasi yetkazib berilar ekan.