Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toping-chi, bu surat qayerda olingan?

Xorijda deysizmi? Yo‘q, adashdingiz, Samarqand shahrida. Shahar markazidagi kimyoviy tozalash korxonasi peshtoqiga ana shunday yozib qo‘yishibdi.
Korxona shunday nomlansa kerak, deb o‘ylasangiz xato qilasiz. Tashkilot nomi o‘zbekona – “Pokizalik”. Lekin bino tepasiga “eskicha” nom yozib qo‘yishgan.

Afsuski, korxonada ko‘rsatiladigan xizmatlar narxnomasi ham rus tilida ekan.
Nima, bu korxona mas’ullarining davlat tiliga bepisandligimi yoki ular “Davlat tili haqida”gi qonun me’yorlarini bilmaydimi?