Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Topografik xaritalar monitoring qilinadi va yangilab boriladi

2020 yil 2 iyulda “Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingandi. Mazkur qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan viloyatimizda bajariladigan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Unga ko‘ra:

- sohada tizimlilik va uzluksizlikni ta’minlash, unga doir materiallarning to‘liqligi, ishonchliligi hamda dolzarbligi, ishlarni bajarishda o‘lchovlarning birligi, xaritalar va rejalarni yaratish hamda yangilashda shartli belgilarni bir xillashtirish va va geografik ob’yektlarning nomlaridan bir xilda foydalanish;

- geodeziya va kartografiyaga doir materiallarning to‘liqligi, ishonchliligi hamda dolzarbligi davlat geodeziya, nevilir va gravimetriya tarmoqlarini, geodezik zichlashtirish tarmoqlarini ishlash holatida saqlab turish, davlat topografik xaritalari va rejalarini kartografik monitoring qilish hamda uzluksiz ravishda yangilab borish tizimini joriy etish yo‘li bilan ta’minlash;

- geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarishda o‘lchovlarning birligiga geodeziya va kartografiyaga doir materiallarning metrologik jihatdan ta’minlash hamda standartlash, sertifikatlashtirish, shuningdek, metrologiya nazoratini o‘tkazish orqali erishish geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirishning asosiy prinsiplari etib belgilandi.