Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

To‘qqiz oyda Samarqandning umumiy daromadi 7 foizga o‘sdi

Joriy yilning 9 oyida viloyatning umumiy daromadi 1649,8 milliard so‘mni tashkil etib, rejaga nisbatan (107 foiz) yoki 107,1 milliard so‘m ortig‘i bilan bajarildi.

Bu haqda kecha o‘tkazilgan xalq deputatlari viloyat Kengashining o‘n beshinchi sessiyasida moliya boshqarmasi boshlig‘i B.Mirzayev deputatlarga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mahalliy byudjetning 9 oylik kutiladigan daromadlar rejasi 1348,2 milliard so‘m o‘rniga xaqiqatda 108 foizga yoki 111,6 milliard so‘m ortig‘i bilan ijro etilgan. Shuningdek, 3 chorak uchun umumiy daromadlar 525 milliard so‘m prognoz rejasi 110 foizga yoki 51,4 milliard so‘m ortig‘i bilan bajarildi.

Mahalliy byudjetning daromadlari 446,2 milliard so‘m etib belgilangan, bu daromadlar ham haqiqatda 36,1 milliard so‘m ortig‘i bilan yoki 108 foizga ijro etildi.