Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toshdan bo‘yoq uchun xom ashyo tayyorlanmoqda

Jomboy tumanida "B-MAX PLASTIC-GROUP" kompaniyasi qoshida  qurilish materiallari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi  5 ta korxona faoliyat olib boradi.

"B-MAX BUILDING MATERIALS" korxonasida marmar toshdan 20 turdagi mahsulot tayyorlanadi. Bu yerga xorijiy davlatlardan eng so‘nggi rusumdagi laboratoriya jihozlari hamda tosh maydalash uskunalari keltirilgan. Tayyorlangan mahsulotning asosiy qismi ichki bozorga chiqariladi. Shuningdek, yaqin qo‘shni mamlakatlarga ham eksport qilinadi.

Bundan tashqari ushbu mahsulotlardan kompaniya qoshidagi boshqa korxonalarda xom ashyo sifatida foydalanadi. Masalan, bu yerda toshdan olingan mahsulotlardan biri bo‘yoq uchun xom-ashyo.

"B-MAX PAINTS" korxonasida esa ana shu bo‘yoqlar ishlab chiqariladi. Bu yerda 60 nafarga yaqin yoshlar mehnat qilmoqda.

 - 2019 yil aprel oyidan boshlab mahsulot ishlab chiqara boshladik, - deydi korxona bosh direktori Ma’ruf Ro‘ziyev. – Xorijdan keltirilgan eng so‘nggi rusumdagi uskunalar yordamida suv va alkit smolasi asosida 60 turdagi bo‘yoq tayyorlayapmiz. Asosiy xom ashyolardan biri alkit smolasi ham o‘zimizning korxonada ishlab chiqarilmoqda. Korxonada kimyo fanlari doktorlari, magistranlardan iborat malakali mutaxassislar faoliyat olib boradi.

Korxonada ishlab chiqarishning texnik va texnologik jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha doimiy ravishda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

To‘lqin SIDDIQOV,

Baxtiyor MUSTANOV.