Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toshkent viloyatida voyaga yetmagan bolalar jasadi topilgani haqidagi xabar o‘z tasdig‘ini topmadi

Internet tarmog‘ida va Telegram messenjerida Toshkent viloyati hududida voyaga yetmagan bolalarning jasadlari ichki organlari bo‘lmagan holatda topilganligi haqidagi ma’lumot tarqamoqda. IIBB matbuot xizmati bu xabarlarga rasmiy izoh berdi.

Ushbu ma’lumotlar haqiqatdan yiroq. Shuningdek, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida harakatlanib yurgan va voyaga yetmaganlarga qiziqish bildiruvchi jinoyatchi paydo bo‘lganligi haqidagi xabarlarda ham asos yo‘q.

Toshkent shahar IIBB asossiz ma’lumotlarni tarqatib, vahima o‘yg‘otayotgan kimsalarning shaxslarini aniqlash bo‘yicha chora ko‘rmoqda.

Xabarda fuqarolardan mish-mishlardan kelib chiqqan asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslik, vahima va mish-mishlar manbai bo‘lmaslik so‘ralgan.

Agarda sizda biror-bir ma’lumot bo‘lsa, Toshkent shahar IIBBning matbuot-xizmati bilan bog‘lanib, uni aniqlashtirib olish lozim.