Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toyloqda "Sportni sev - sport bilan yasha!" shiori ostida sport musobaqasi o‘tkazildi

 Toyloq tumani Bolalar va o‘smirlar sport maktabida Samarqand viloyati qo‘riqlash boshqarmasi 14-alohida otryadi xodimlarining tashabbusi bilan “Sportni sev - sport bilan yasha!” shiori ostida sportning basketbol turi bo‘yicha 2006-2007 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi.

 Unda viloyatimizning shahar va tumanlaridan kelgan yosh sportchilar ishtirok etdi. Bellashuvda Samarqand shahri jamoasi 1-o‘rinni, Paxtachi tumani 2 -o‘rinni hamda Ishtixon tumani qizlar jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.