Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toza havoda yurish va ertalabki badantarbiya organizmning bir maromda ishlashi, immunitetning oshishiga xizmat qiladi

Erta tongdan Samarqand shahrida “Sog‘lom hayot uchun 5 ming qadam” shiori ostida yurish marafoni hamda ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Tadbirlarga Samarqand davlat universitetining fizika fakulteti binosi oldidan start berildi. Ishtirokchilar belgilangan masofani bosib o‘tgach, Rudakiy maydonida yengil badantarbiya mashqlarini bajarishdi.

- Yurish har qanday kasallikning oldini olishda samara beradi, - deydi 80 yoshli sport faxriysi Ubaydulla Qosimov. - Sog‘lom turmush tarzini ko‘pchilik faqat to‘g‘ri ovqatlanish, gigiyenik talablarga rioya qilishda, deb tushunadi. Toza havoda yurish va ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarish ham inson organizmining bir maromda ishlashi hamda immunitet hosil bo‘lishiga xizmat qiladi. Salomatligingiz uchun ertalab 10-15 daqiqa sport bilan shug‘ullanishni tavfsiya etaman.

Ommaviy yurish marafonida viloyat hokimi o‘rinbosari X.Ochilov ishtirok etdi.

Husan ELTOYeV.