Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tramp Eronga noyadroviy qurol yetkazib berilishiga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qarorga imzo chekdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga noyadroviy qurol yetkazib berilishida va u yerdan qurol olib chiqilishida ishtirok etganlarga nisbatan qat’iy iqtisodiy sanksiyalar joriy etilishi to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Robert O‘Brayen ma’lum qildi.

“Prezident bir necha daqiqa oldin Eron Islom Respublikasiga yadroviy bo‘lmagan qurollarni yetkazib berish, sotish yoki topshirishda ishtirok etgan davlatlar, kompaniyalar va shaxslarga nisbatan qat’iy iqtisodiy sanksiyalar joriy etilishi to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi”, dedi maslahatchi.

U Tramp farmoni Eronga qurol sotishni ham, u yerdan qurol sotib olishni ham taqiqlashini alohida ta’kidladi.

“BMTdan farqli o‘laroq, AQSh Yaqin Sharq va butun dunyoda Eronga ballistik raketalar va boshqa ilg‘or qurolli tizimlar importchisi va eksportchisiga aylanishiga yo‘l qo‘ymaydi” qo‘shimcha qildi u.